Ota-ona rozilgi yoki yopiq kiyim

Assalomu alaykum! Alloh qalbimga solib namoz o‘qishni boshladim. 5 maxal o‘qiy boshladim ota-onam 5 maxalni unchalik xushlashmadi. Lekin onam ziyoli quli ochiq mexribon insonlar. Xijobga kiraman didim juda qarshi chiqishdi, mayli to‘yim bo‘lsa to‘yimdan oldin kiraman didim. Mana 2 kundan keyin to‘yim. Kelin ko‘ylak zakaz qilganmiz. Shuni ota-onamga aytmasdan atmen qilib, xijob kelin ko‘ylakka alishtirib xijobda kirib bormoqchiman ota-onamdan ruxsatsiz. Lekin qo‘rqayotganim ota-onamni norozi qilib qo‘ymaymanmi deb o‘ylavomman. Shunday qilsam to‘g‘ri ish qilgan bo‘lamanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Aslida satri avratga kirishingiz uchun ota-onangizning roziligi kerak emas. Shuningdek erining ham roziligi kerak emas. Bu Allohning buyrug‘i. Bandasini rozi qilish uchun Allohga isyon qilinmaydi. Bu holatda ota-onangizni ham ranjitmaslikka harakat qiling. Kelin kiyimini avratingizni to‘sadigan qiling, tor bo‘lib badaningizni bildirib turadigan yoki shaffof bo‘lib ichi ko‘rinib turadigan qilmasdan tiktirsangiz bo‘ladi. Muhimi avratingizni nomahramlar ko‘rmasa bo‘ldi. Alloh O‘zi rushdu hidoyatda bardavom qilsin! Vallohu a’lam!

11 May 2022, 10:37 | Savol-javoblar | 163 | Ayollarga oid masalalar
|
Boshqa savol-javoblar