Turmush o‘rtog‘im bilan yasholmayman
Assalomu alaykum! Sizlarni Alloh niyatlarizga etkazsin. Amin Meni savolim shundan iboratki yoshim 40da. Xo‘jaynim bilan xech xam yasholmayapman. Men mana 2 yil bo‘ldiki Qur’on xarflarini o‘qib o‘rgandim va meni umuman xayotim va dunyoqarishim o‘zgardi. Men Allohni oldiga bollarim xam qiynalmasin deb ularga xam o‘rgatdim. O‘g‘limni biri 20 yosh biri 17 yosh, qizim 11 yosh. Allohga shukr, lekin xo‘jaynimi xecham to‘g‘ri yo‘lga sololmayapman. Nomozni bir maxal o‘qirdi, shuni xam o‘qimay qo‘ydi. U inson meni yomon ko‘ryapti, men bu inson bilan yashashim juda xam qiyin bo‘lib ketdi. Biz xozir Rossiya davlatiga keldik ishlagani. Meni savolim men bu odamni tashlab bollarimni olib o‘z yurtimga ketsam bo‘ladim? Men qolgan umrimni xo‘jaynimi duo qilib o‘zim yashab o‘tmoqchiman. Shunday qilsam to‘g‘ri qilgan bo‘lamanmi? Men u odam bilan urishib oilamni buzgim yo‘q, lekin u odam bilan ham yasholmayapman. Agar bu ishim to‘g‘ri bo‘lsa men ketardim uyga. Raxmat sizlarga.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Unday qilmang, undan ko‘ra eringizni haqqiga duo qiling, chiroyli muomalada bo‘ling. Farzandlar hamma holatda otaga tegishli bo‘ladi. عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ رَضِيَ اللهُ عَنْهُمَا أَنَّ امْرَأَةَ ثَابِتِ بْنِ قَيْسٍ أَتَتِ النَّبِيَّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَقَالَتْ يَا رَسُولَ اللهِ، مَا أَعْتِبُ عَلَيْهِ فِي خُلُقٍ، وَلَا دِينٍ، وَلَكِنِّي أَكْرَهُ الْكُفْرَ فِي الْإِسْلَامِ، فَقَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ أَتَرُدِّينَ عَلَيْهِ حَدِيقَتَهُ؟ قَالَتْ نَعَمْ، قَالَ اقْبَلِ الْحَدِيقَةَ، وَطَلِّقْهَا تَطْلِيقَةً رَوَاهُ الْبُخَارِيُّ وَالنَّسَائِيُّ Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:
«Sobit ibn Qaysning xotini Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kelib:
«Ey Allohning Rasuli! Men unga xulqda ham, dinda ham bir ayb qo‘ya olmayman, lekin Islomda kufron bo‘lishini yoqtirmayman», dedi.
Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Unga bog‘ini qaytarib berasanmi?» dedilar.
«Ha», dedi ayol.
«Bog‘ni qabul qilib ol-da, uni bir taloq qil», dedilar».
Buxoriy va Nasoiy rivoyat qilishgan.
Sobit ibn Qays roziyallohu anhu Nabiy sollallohu alayhi vasallamning aytganlarini qildi va shu tariqa Islomda birinchi xulu’ sobit bo‘ldi.
Xulu’ boin taloqdir.
Chunki Rasululloh sollallohu alayhi vasallam xulu’ni bir boin taloq hisoblaganlar.
Badalini berish ayolga vojib bo‘ladi.
Ya’ni eridan xulu’ qilayotgan ayolga xulu’ning badalini eriga berish vojib bo‘ladi.
Agar ayb erning o‘zida bo‘lsa, badalni olish, agar ayb ayolda bo‘lsa, ortig‘ini olish makruhdir.
Ya’ni er o‘zining aybi bilan xotinni xulu’ qilishga olib kelgan va xulu’ evaziga xotin mahrning badalini qaytarib berayotgan bo‘lsa, uni olish erga makruhdir. Ammo ayb xotinda bo‘lsa va u mahrning badali ustiga ortig‘ini ham berayotgan bo‘lsa, erga o‘sha ortig‘ini olish makruh bo‘ladi.
Sobit ibn Qays roziyallohu anhu Jamila roziyallohu anhoga bir bog‘ni mahr qilib bergan edi. Sobit roziyallohu anhu o‘zlari odobli, dindor bo‘lsalar ham, chiroyli emas ekanlar. Shuning uchun xotinlari Jamilaga yoqmaganlar.
Boshqa rivoyatlarda zikr qilinishicha, Jamila roziyallohu anho Nabiyimiz sollallohu alayhi vasallamga: «Bir kuni pardani ko‘tarib ko‘chaga qarasam, u bir guruh odamlar bilan kelayotgan ekan, ichlarida undan ko‘rimsizi, undan xunugi yo‘q ekan!» degan.
Shuning uchun kufroni a’shir, ya’ni erga itoatsizlik bo‘lishidan qo‘rqqan. Nabiyimiz sollallohu alayhi vasallam Jamilaning ajrash istagini Sobitga aytganlarida u: «Ey Allohning Rasuli, men unga eng yaxshi molimni – bog‘imni mahr qilib bergan edim», degan.
Nabiyimiz sollallohu alayhi vasallam Jamila roziyallohu anhoga: «Unga bog‘ini qaytarib berasanmi?» deganlar. Bu savolning javobiga Jamila roziyallohu anho:
«Ha, ustiga boshqa narsa ham beraman», degan. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Ziyodaning keragi yo‘q», deganlar.
Xulu’ga mahr bo‘lishi joiz narsa berilsa ham bo‘ladi. Ulamolarimiz: «Xulu’ning miqdori o‘sha ayolga berilgan mahrdan ortiq bo‘lmagani ma’qul», deyishadi.
Xulu’ Islomda ayol kishi uchun erdan ajrashishga ochib berilgan yo‘ldir. Er ajrashishni xohlasa, taloq qiladi. Xotin ajrashishni xohlasa, qoziga arz qilib, xulu’ qiladi.
Agar mol evaziga yoki mol berish sharti bilan taloq qilsa-yu, ayol qabul qilsa, boin taloq tushadi. Xamr va to‘ng‘iz evaziga bo‘lsa, erga hech narsa lozim bo‘lmaydi. Xulu’da boin, taloqda raj’iy tushadi.
«Seni ming tilla evaziga taloq qildim», deganda yoki «Seni ming tilla berish sharti bilan taloq qildim», deganda xotin «Shartni qabul qildim», desa, oraga bir boin taloq tushadi. Chunki ikki holatda ham taloq xotinning qabuliga bog‘liqdir.
Xamr va to‘ng‘iz musulmon shaxs uchun qiymatga ega mol emas. Shuning uchun ularni berishi ham lozim bo‘lmaydi. Bularga o‘limtik va hur inson kabilar ham kiradi. Ana shu paytda xulu’da boin, taloqda raj’iy tushadi. Chunki beriladigan evaz botil bo‘lganidan so‘ng lafzlarga e’tibor qilish lozim bo‘ladi. Xulu’ boin taloqni, taloq esa raj’iyni taqozo qiladi.
Agar ayol mingning evaziga uch taloqni so‘rasa-yu, er bir taloq qo‘ysa, bir boin taloq tushadi va mingning uchdan biri lozim bo‘ladi. Ming berish sharti bilan bo‘lganda Abu Hanifaning nazdida bir raj’iy taloq tushadi va hech narsa berish lozim bo‘lmaydi.
Arab tilida evaz bilan shartning orasida katta farq bo‘ladi. Shuning uchun bu ikki ma’no ishlatilganda hukmlar ikki xil bo‘ladi.
Xulu’ ayolning haqida evaz oldi-berdisi hisoblanadi. U majlis bilan chegaralanadi. Shuning uchun u aytganidan qaytishi va ixtiyor qilish sharti to‘g‘ri bo‘ladi.
Xulu’ qilishni xohlagan ayol mol berishi lozim bo‘lgani sababli bu ish uning uchun savdoga o‘xshash narsaga aylanib qoladi. Xulu’ masalasini o‘sha majlisning o‘zida hal qilishi lozim. Undan keyinga qoldirishga haqqi yo‘q. Shuning uchun u xulu’ni taklif qilganidan keyin er qabul qilishidan oldin gapini qaytarib olishga haqlidir. Er «Ming tilla berish sharti ila sen taloqsan», deganida ayol «uch kun ichida o‘ylab ko‘raman» desa, uch kungacha uning ixtiyor haqqi sobit bo‘ladi. Bu muddat ichida ayol rad qilsa, taloq botil bo‘ladi. Ayol taloqni ixtiyor qilsa, taloq tushadi va erga ming tilla berishi vojib bo‘ladi.
Xulu’ erning haqida qasamdir. Shuning uchun hukmlar aksincha bo‘ladi.
Ya’ni er qaytishi mumkin emas va unga ixtiyor haqqi ham berilmaydi. Xotin g‘oyib bo‘lganida masalani o‘sha majlisning o‘zida hal qilmasdan keyinga qoldirsa ham bo‘ladi. Boshqa hukmlarda ham shunday.
Qul ayolning o‘rnidadir.
Qulni xojasi mol evaziga ozod qilganda ikkovlari yuqoridagi masaladagi xotin va er o‘rniga qo‘yiladilar. Qulga ixtiyor haqqi beriladi. Xojaga esa bu haq berilmaydi.
Xulu’ va bir-biridan voz kechish ikkovlaridan nikoh haqlarini soqit qiladi.
Ammo nikohdan boshqa haqlar sobit turadi. Misol uchun, ikkisi bir-biri bilan savdo qilgan bo‘lsalar, bu ishdagi haqlari soqit bo‘lmaydi. Mahr, nafaqa kabi nikohga oid haqlar esa soqit bo‘ladi.
Agar ota kichik yoshdagi qizini qizning moli evaziga xulu’ qilsa, bu ish taloq tushishidan boshqa narsalarda behuda bo‘ladi.
Ya’ni bu holda taloq tushadi va mol berish botil bo‘ladi.
Shuningdek, o‘sha kichik yoshdagi qiz erning xulu’sini qabul qilganda va otasi zomin bo‘lganda ham. Bas, mol uning zimmasiga tushadi.
Ya’ni balog‘atga etmagan qizning eri «Men seni mol evaziga taloq qilaman», deganda bu taklifni qabul qilsa, taloq tushadi va molni berish qizga vojib bo‘lmaydi. Shuningdek, qizning otasi «Molni men beraman», deb xulu’ni talab qilganda ham taloq tushadi. Bu holda uning otasi to‘lov to‘laydi. Shu sababli qizga mol berish vojib bo‘lmaydi. ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!
29 Aprel 2022, 09:03 | Savol-javoblar | 179 | Oila va turmush