Masbuq haqida

Assalamu alaykum! Jamoat 4 rakatli namoz o‘qiyabdi. Bir kishi jamoat namozining 2-chi rakatiga ulgurdi. Imom esa bilmasdan 5 rakat o‘qib qo‘ydi va sajdai sahv kildi, ana u masbuq esa qolgan 1 rakatni o‘qimoqchi bo‘lib turgan edi, endi o‘sha imomning sahvan qilgan 5-chi rakati masbuq uchun to‘liq o‘qigan hisoblanadimi? Yoki masbuq ham imom namozni tugatgandan keyin qolgan 1 rakatni o‘qib oladimi? (Imomning sahvan qilgan 5 chi rakati masbuqning o‘tkazib yuborgan 1 rakati o‘rniga o‘tadimi degan ma’noda so‘ramoqchi edim)
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Imom beshinchi rakatni o‘qib sahv sajdasi qilsa, namozi buziladi.

26 May 2022, 19:03 | Savol-javoblar | 162 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar