Mijozlarga aytilmay qo‘shilgan pulning hukmi
Assalomu alaykum! Bizning kichik oshxonamiz bor. Oshxonamiz birinchi ochilgan paytlarda choy va yana bir qancha narsalar tekin edi. Mijozlarimiz ham shunga o‘rgangan. Hozir esa choy puli qo‘shishga qaror qildik. Chunki mijozlar choy buyurtma qilib ozgina sovusa almashtirib keling deydi va buning natijasida juda ko‘p choylar isrof ketadi. Mijozlar hisobni so‘raganida masalan 72.000 so‘m bo‘ladigan bo‘lsa ko‘p xollarda 70.000 so‘m olaver deydi( asosan mayda qaytim qayta olmay qolganimizda). Agar 77-78-79.000 so‘m bo‘lib qolsa 80.000 so‘m deyaver choyni qo‘shib yuborgan bo‘lamiz deydi. Asosan taomlanib bo‘lganidan so‘ng ham hadeb choy choy deydigan insonlarga yoki choyni isrof qiladigan insonlarga (yani o‘zlari ichmay sovutib yangilab keling deydiganlarda) choy puli qo‘shamiz. Va aytib o‘tganimday bazi bir puli 79 bo‘lganlarda 80 deb 72-73 bo‘lganlardan esa 2-3.000 so‘m pulni o‘tib beramiz. (Biz choy puli qo‘shib qo‘yganimizni mijozlarda bilmaydi deb o‘ylayman). Shu qilayotgan ishimizga shubhali pul aralashib qolgan bo‘lsa shu haqida bizga habarini bersangiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ortiqcha olishingiz sizlarga halol bo‘lmaydi. Ochiq-oydin aytib qaytimini beringlar. O‘zlari rozi bo‘lib tashlab ketishsa olishingiz joiz. Vallohu a’lam!
13 May 2022, 12:22 | Savol-javoblar | 149 | Dolzarb savollar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ortiqcha olishingiz sizlarga halol bo‘lmaydi. Ochiq-oydin aytib qaytimini beringlar. O‘zlari rozi bo‘lib tashlab ketishsa olishingiz joiz. Vallohu a’lam!
13 May 2022, 12:22 | Savol-javoblar | 149 | Dolzarb savollar