Men bu ishda ishlashim joizmi
Assalomu alaykum! Muz saroyga ishga kirdim, yani muzda kanki orqali odamlar xordiq chiqaradigon joy. Men bu erda kassir vazifasidaman bu erda musiqa xam qo‘yilar ekan va bu erga bolalar ayollar va boshka xar xil odamlar kelar ekan. Men bu erda ishlashim joizmi? 2). Bu ish joyimdagi kassani boshlig‘i ya’ni glavnыy kassir menga oylikdan tashqari yo‘lkira pul xam chiqarib beradi va bu pulni kamera ko‘rmasin deb yashirib beradi. Sababini so‘rasam ishchilar noto‘g‘ri o‘ylaydi sizga berib bizga bermaydi deb dedi. Menga bu yo‘lkira pul xalol bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Kassada ishlashingiz joiz.2). O‘zining shaxsiy mablag‘idan ajraib berayotgan bo‘lsa zarari yo‘q. Agar ushbu muassasaning mulkidan ajratib berayotgan bo‘lsa bunga uning ruxsati bor bo‘lsagina oling. Aks holda bu ishingiz o‘zganing molini botil yo‘l bilan eyishga kiradi. Vallohu a’lam!
28 May 2022, 16:15 | Savol-javoblar | 158 | Turli savollar