Tahoratni ketishi

Assalomu alaykum! Alhamdulillah nomoz o‘qiyman. Lekin tahorat olib bo‘lganimdan so‘ng ko‘chaga chiqsam negadur najosat tomchilab oqganday bo‘ladi. Men Peshin, asr va shom namozlarini ko‘chada yoki masjidda o‘qiyman. Shunday hollarda tahoratimni yangilayman. Lekin najosat tekkan ichki kiyimimga kelganda ikkilanaman va o‘qimagandan o‘qigan yaxshi deb o‘qiy olaveraman. Shundaymi? Alhamdulillah shu kunlarda tungi nomozlarni ko‘paytirmoqdaman. Menda esa qazo nomozlarim bor, lekin balog‘atga etganimizdan beri nomoz o‘qiymiz va ba’zi sabablarga ko‘ra ko‘pincha peshin va Asr nomozlari va qolganlarini ham qazo qilganman. Shunday holatda qanday qilib qazo nomozlaridan soqit bo‘lishimiz mumkin va tahajjudda tahajjud qilib keyin yana qazo nomozlarimni o‘qaymi yoki qazo nomozlarimni o‘qisam tungi nomoz o‘rniga ham o‘tadimi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ich kiyimni o‘sha joyiga salfetka qo‘yib, tahorat qilgandan keyin olib tashlab o‘qiyverasizda. Avval azolarni o‘qib tugating. Shunda kechasida bedor bo‘lganning savobini ham olasiz. Vallohu a’lam!

6 May 2022, 08:24 | Savol-javoblar | 133 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar