G‘aroyib surat… bid’at emasmi?

Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Menga bir surat ko‘rsatishdi, unda Alloh so‘zi yozilgan edi va ikkinchi lom harfida uchta nuqta bor edi. Unga qarab o‘n beshgacha sanashimni so‘rashdi. Undan so‘ng devorga qarab o‘n beshgacha sanashimni so‘rashdi. Shunda devorda “Alloh” degan yozuv harakatlangani ko‘rindi. Bu haqida dinimizda biror narsa aytilganmi? Uni o‘zgalarga tarqatish joizmi? Qimmatli vaqtingizni ajratganingiz uchun katta rahmat.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Bu haqida dinimizda hech narsa aytilmagan. Uni o‘zgalarga tarqatish joiz emas. Chunki bu narsa sizga o‘xshab vaqtini bekor o‘tkazishga sabab bo‘ladi. Uning o‘rniga doimo Alloh taoloni zikr qilib yurish kerak.

26 May 2022, 17:58 | Savol-javoblar | 128 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar