Avtomashina

Assalomu alaykum! Mashinamga bir xaridor kelib savdolashdik. Bir summaga kelishdik, zakolat sifatida 100$ pul berib bir xafta ichida qolganini olib kelaman deb ketdi. Mashina o‘zimda qoldi, ammo ikki xafta o‘tib ketdi. Telefon qilsam pul topomayamman xarakatingizni qilavering dedi. Man shu vaqt oralig‘ida OLXdan e’lonni olib turudim. Olgan pulini qaytaramanmi yoki rozi bo‘lsa o‘zimda qoldiramanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qaytarib berasiz, sizga olib qolish halol emas. Vallohu a’lam!

23 May 2022, 11:02 | Savol-javoblar | 155 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar