Juma farz namozida saflar orasi

Assalomu alaykum! Juma farz namozida namozxonlar ko‘pligidan masjid xovlisida va tashqarisida (ko‘chada) noqulaylik yoki quyoshdan qochib bir saf bilan keyingi saf oralig‘i 5m va undan ko‘proq bo‘lsa keyingi safdagilar imomga ergashgan bo‘ladimi yoki boshqa jamoat xisoblanadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Masjid xonaqosi va xovlisidan tashqari ko‘chada saf tortilganda saf ulanishi shart. Fuqaholar saf orasidan bitta otarava o‘tadigan joy qolgan bo‘lsa orqadagilarning namozi namoz bo‘lmaydi deganlar. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 11:53 | Savol-javoblar | 194 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar