Boshliqlarga boshqa narxda o‘tkazish

Assalomu alaykum! Do‘stim oluvchi va sotuvchi o‘rtasidagi vositachi. Kompyuterni narxini optomchidan bilib, oluvchiga ustiga qo‘yib sotadi. Lekin ishchi bo‘lganligi sabab boshliqlardan pul olishiga to‘g‘ri keladi. (kompyuterni olish uchun) Optomchida 1 kompyuterni narxi 220 $ bo‘lsa, shu narxni bilib boshliqlarga aytadi. Boshliqlardan shu narxda pul olib, optomchining oldiga yana qaytib kelib kelishishini aytib kompyuterni 210$ dan sotvoladi. Shu farqdan topgan pulini halol sanadi, men esa shubhali bo‘lganligi uchun savolimni bayon qildim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shu ishni davlat korxonalarining o‘rtasida qilsa mutlaqo joiz emas. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 11:53 | Savol-javoblar | 139 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar