Xalolmi ?

Assalomu alaykum! Mening dukonimda yuk maxsulotni klient surab kelsa, shuni internet orkali boshka odamdan surab menga aytkan narxini ustiga narx kuyib klientga aytish to‘g‘rimi? Masalan telefon surab keldi, men bildirmasdan boshka urtogimdan telefon orkali surab, uv menga 100$ desa, shuni men klientga bildirmasdan 105$ dollar dep aytib sotsam xalol buladimi? lekin urtogimni xabari bor ustiga narx kuyib sotganimni.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Hadisda o‘ziniki bo‘lmagan narsani sotishdan qaytarilgan. Siz o‘sha narsani avval o‘zingizga sotib oling, keyin foyda qo‘yib soting. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 16:26 | Savol-javoblar | 144 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar