Sud xukmi

Assalomu alaykum! Bir necha oy ilgari baxtsiz xodisa tufaydi avtoxalokat bo‘lgan edi. Konun bo‘yicha avtoxalokat sabablari o‘rganildi, tomonlarga etkazilgan ziyon baxolandi va sud bo‘lib o‘tdi. Sud natijasiga ko‘ra men aybdor deb topildim va baxolash xujjatlarida ko‘rsatilgan 8 million so‘m zararni qoplash menga yuklatildi. Qonunga muvofiq zararni sug‘urta kompaniyam to‘lab berdi. Bugun jabrlanuvchi tomon 8 millionni olganini biroq, xarajatlar 11 million so‘m bo‘lganini aytdi. Men buni nima sababdan sud vaqtida zarar miqdori kam ekanligini aytmaganini so‘radim va sud qaroridan ortiq summa berilmasligini bildirdim (qonunan, sud vaqtida shikoyat bildirilganida qayta baxolash amalga oshiriladi, sud davriga qadar xar tamon o‘z ulovini ta’mirlab bo‘lgan, xarajatlar ma’lum edi). Aziz ustozlar shu qarorim to‘g‘rimi? Sud qaror chiqarishdan oldin tamonlardan shikoyatlar bor-yo‘kligi so‘ragan va xech qaysi tamon e’tiroz bildirmagan edi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Buni endi o‘sha sudlardan so‘raysiz. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 12:04 | Savol-javoblar | 158 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar