Ishga kirish uchun pora bermaslik
Assalomu alaykum! Oliy ma’lumotliman. Dadam yolg‘iz o‘zi ishlaydi va 3ta farzandini kontrakt bilan o‘qitdi. Shulardan men o‘qishni yaxshi baxolarga tugatdim alxamdulillah. Endi shu kunlarda ota onam maktabga ishga kiritip qo‘yishmoqchi. Tabiiyki buning uchin pora berishadi. Porasiz ilojini qidiryabman lekin xamma busiz bo‘lmasligini ta’kidlashyabdi. Uni ustiga maktabda xijob o‘ratmasligi uchun ishlashni xoxlamayman va keladigan oylikdan xam qo‘rqaman. O‘zim bosh tortishni ilojini topolmayabman faqat meni yaxshi o‘qiganligimu, o‘quvchilarni bilimli qila olishimni ro‘kach kilib ishlashga majburlashyabdi. Bunday vaziyatda qanday yo‘l tutsam bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Pora berish joiz emasligini tushintiringعَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رضي الله عنه ، قَالَ: لَعَنَ رَسُولُ اللهِ صلي الله عليه وسلم الرَّاشِيَ وَالْمُرْتَشِيَ فِي الْحُكْمِ. رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَأَحْمَدُ Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hukmda pora beruvchini va pora oluvchini la’natladilar».
Termiziy va Ahmad rivoyat qilishgan.
Allohdan O‘zi xush ko‘radigan va rozi bo‘ladigan narsaga muvaffaq qilishini so‘raymiz. Allohu a’lam. Pora arab tilida «rishva» deb atalib, shar’iy istilohda adolatni yo‘qqa chiqarish va botilni yuzaga chiqarish uchun beriladigan narsaga ishlatiladi. Shuning uchun ham Rasululloh sollallohu alayhi vasallam pora beruvchini ham, pora oluvchini ham la’natlamoqdalar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning la’natlari juda og‘ir jazodir, chunki la’nat birovning Allohning rahmatidan uzoq bo‘lishini so‘rashdir. Allohning mahbub Rasuli Alloh taolodan so‘ragan narsa bo‘lmay qolmasligi hammaga ma’lum. (“Kifoya” kitobidan). Vallohu a’lam!
11 May 2022, 12:37 | Savol-javoblar | 165 | Dolzarb savollar