Tatuajdan keyingi tahorat va g‘usl

Assalomu alaykum! Ustozlar inson johillikda yurib tanasiga o‘yib chiziladigon maxsus rasm (tatuaj) chizdirsayu, payti kelib ibodatga kirsa g‘usl yoki tahorat qilsa qabul bo‘ladimi? Bunday holatlarda qanday ish tutgan ma’qul? Javobingiz uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Qon najosat bo‘lib, tatuaj qilingan vaqtda siyoh bilan terining ustiga joylashib qoladi. Agar yo‘q qilishning imkoni bo‘lsa, yo‘qotish kerak. Qolgan taqdirda ham qilingan tahorat va g‘usl o‘tadi. Bunda shak-shubha yo‘q. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 08:16 | Savol-javoblar | 193 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar