Hijobga qarshilarni duoyibat qilsa bo‘ladimi

Assalomu alaykum! Hijobga kirganimga uncha ko‘p bo‘lmadi lekin shu kungacha ancha insonlarni hijobimga qarshi gaplarini eshitaman qarindoshlarim, bolanitsadagi bazilar, hatto besh begonalarni(nima kiyib olding, jinnimisan, bu nima ahvol degan gaplar va hokazo). Menga qarata aytgan har bir hijob haqidagi yomon gaplari yuragimga og‘ir botadi. Men ularga ortiqcha gapirmasamda ichimda Alloh oxiratda jazosini bersin deyman. Shunday duo qilsam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz ulardan xafa bo‘lmang. Ular dinni yaxshi tushunmaganlaridan shunday qilishgan bo‘ladi. Ular sizga bilib, bilmay zulm qilganida siz mazluma bo‘lasiz. Mazlumlarni duosi ijobat bo‘ladi. Siz ularni duoibad qilmasdan fursatdan unumli foydalaning va ko‘p istig‘for aytib, ularga hidoyatini so‘rab duo qiling. Yaxshi duo ham yomon duo ham bitta og‘izdan chiqadi. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 12:48 | Savol-javoblar | 183 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar