Ayol kishining erkak o‘rtog‘i
Assalomu alaykum! Ayol va erkak o‘rtasida nikoh bo‘lmasa, ular do‘st bo‘lishi mumkinmi? Men uylanmoqchi bo‘lgan qizning yaqin bo‘lgan o‘g‘il bola do‘stlari bor ekan. Ular bilan gaplashib turishar ekan. Albatta bu menga yoqmadi. Dinimizda ayolning halol bo‘lgan eridan boshqa tanishlari yoki do‘stlari bo‘lishiga ruxsat berilganmi yoki aksincha erkakning halol ayolidan boshqa yaqin qiz dugonalari bo‘lishi mumkinmi? Iltimos shu masalaga oydinlik kiritib beringlar. O‘sha qizga sizlarning javoblaringizni ko‘rsataman va bundan keyin uylanish yoki uylanmaslikka qaror qilaman? Alloh sizlardan rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! https://savollar.islom.uz/savol-32506/ Johiliyat davrida erkaklar cho‘rilarni o‘zlariga do‘st qilib olishar, ular bilan bemalol holi qolar, o‘yin-kulgu qilishar va oxir oqibat yaqinlikka ham borishar edi. Islom ularning bunday aloqasini harom qildi.Alloh taolo “Niso” surasi 25-oyatida marhamat qiladi.فَانكِحُوهُنَّ بِإِذْنِ أَهْلِهِنَّ وَآتُوهُنَّ أُجُورَهُنَّ بِالْمَعْرُوفِ مُحْصَنَاتٍ غَيْرَ مُسَافِحَاتٍ وَلاَ مُتَّخِذَاتِ أَخْدَانٍUlarni iffatlari saqlangan, zinoga bormagan va o‘ynash tutmagan hollarida ahllarining izni bilan mahrlarini ma’ruf ila berib, nikohingizga oling. ("Tafsiri Hilol" kitobidan).“Lisonul arab” kitobida oyati karimada keltirilgan “Axdan” lafzi “xidn” lafzining ko‘pligi bo‘lib, ayollarga nisbatan erkak do‘st, erkaklarga nisbatan ayol do‘stga ishlatiladi. Alloh taolo ushbu oyati karimada erkaklarga ayollardan do‘st tutishni, boshqa bir oyatda esa ayollarni erkaklardan do‘st tutishdan qaytargan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam :ومن كان يؤمن بالله واليوم الآخر فلا يخلون بامرأة ليس معها ذو محرم منها، فإن ثالثهما الشيطان“Kim Allohga va qiyomat kuniga iymon keltirsa, begona ayol bilan uning mahramlarisiz holi qolmasin. Chunki ularning uchinchisi shayton bo‘ladi” deganlar. Imom Ahmad rivoyati. Vallohu a’lam.
1 May 2022, 03:20 | Savol-javoblar | 155 | Turli savollar