Qurbonlikni jonliqni so‘yib kilosiga pul berish

Assalomu alaykum! 9061-savolning javobini o‘qigandim. Biz o‘tgan yilgi qurbonlikni qassobdan qo‘chqor olib uni so‘ydirib chiqqan kilosiga pul bergandik, endi nima qilaylik qurbonligimiz qabul bo‘lmaganmi, boshqattan qurbonlik berishimiz kerakmi? Bu yil ham inshaalloh qurbonlik bermoqchimiz qassobdan qo‘yni bir kun oldin olsak bo‘ladimi naqd pulga?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! To‘liq sotib olmasdan so‘yilgan bo‘lsa jonliq hali avvalgi egasining mulkida bo‘lib qurbonlik qiluvchining zimmasidan ado bo‘lmaydi. Endi o‘tgan yilgi qurbonlik uchun o‘rtacha bir qo‘yning qiymatini faqir-miskinlarga sadaqa qilasizlar. Bu yil to‘liq mulkingiz qilib olib keyin so‘yinglar. Qassobdan oldindan sotib olish joiz. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 13:20 | Savol-javoblar | 153 | Boshqa ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar