Ishlamayotgan ishxona va uskunalari nisobmi

Assalomu alaykum! Otamiz akalari bilan sheriklik asosida muzqaymoq ishlab chiqarishar edi, Otam 2020-yil omonatni topshirdilar, deyarli 2 yildan beri ayrim sabablarga ko‘ra (men boshqa ishdaman, akam o‘qishda, Otamni akalari yolg‘iz ishlashni hohlamadilar, qolaversa karantin sabab daromad pasayishi. Uskunalar eskiganligi sabab yirik raqobatchilardan ortda qolish, ishchi hodim topish muammosi va hkz) ishlanmadi, hozircha yurgizish niyat yo‘q. Otamdan qolgan sheriklik ishxona va uskunalar. 1) Zakot nisobiga qo‘shiladimi? 2) Yoki faqat fitr sadaqa va qurbonlik nisobiga qo‘shiladimi? 3) Otamdan keyin onam, akam, men va 2009-yil tug‘ilgan kichik ukam qolganmiz(otamni ota-onalari otamdan oldin vafot qilishgan) bu narsalar kimni nisobiga qo‘shiladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Vafot etgan otangizning barcha mol-mulki shariat qoidalariga ko‘ra merosxo‘rlar o‘rtasida taqsimlanishi shart. Darhol meros ilmini puxta biladigan ahli ilmga murojaat qilinglar. Vallohu a’lam!

18 Iyul 2022, 22:30 | Savol-javoblar | 160 | Zakot
|
Boshqa savol-javoblar