Qasam ichib qo‘ydim

Assalomu alaykum! Yaqinda turmush qurdim. Allohga behisob shukurlar bo‘lsinki to‘ydan bir necha kun o‘tib Allohning xidoyati ila ibodat qilishni boshladim va shariat ko‘rsatmalari asosida yashay boshladim Shayx xazratlarining kitoblarini o‘qiy boshladim. Avvallari xam uyda kelishmovchiliklar bo‘lib turardi, to‘ydan keyin xam bu holat takrorlanaverdi shunda uydagilar uylanib o‘zgarib qolding degan gapni takrorlayverishdi takrorlayverishdi oxirgi janjalda yana shu gapni eshitganimdan keyin uydagilarimga agar yana bir marta shu gapni aytsanglar Allohga qasam ajrashaman dedim. Shundan so‘ng kelishmovchiliklar kamaydi deyarli yo‘q bo‘ldi. Shu gapdan keyin o‘ylayveraman endi vaqt o‘tishi bilan uydagilar shu gapni gapirib yuborsa ( meni yonimda yoki meni xabarim bo‘lmasa) nima qilishim kerak? ayolimga taloq tushmaydimi men u gapni taloq niyatida aytmagandim ajrashish niyatim xam yo‘q. Ehtiyotan 10 kun kafforot ro‘za tutsammi qasam deganim uchun tunu kun shuni o‘ylayabman rosa afsusdaman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ajrashaman degan gap bilan taloq tushmaydi. Ammo o‘sha gap aytilsa qasamingizni buzib kafforatini to‘laysiz. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 13:20 | Savol-javoblar | 153 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar