Yangi tugilgan kizalok

Bismillaxir Roxmannir Roxiym Bizni yaratib bexisob ne’matlarni berib evaziga bandasidan fakatgina shukr kilish va elgiz uziga ibodat kilishni buyurgan Allox Azza va Jallaga cheksiz xamdu sanolar bulsin. Alloxning xak dini bulmish Islomni olib kelib uni bizga ta’lim bergan paygambarimiz Muxammad Mustafo SAV ga salovotu salomlarimiz bulsin.Assalamu Alaykum va Raxmatulloxi va Barakatux shayx xazratlari. Alloxninig roziligini topish niyatida kilaetgan xar bir ishingizga Allox ajru aziym bersin.Din yulida kilaetgan ishlaringizda Alloxning uzi madadkor bulsin amiiyn. Alxamdulillax Allox menga farzand ne’matini ato etdi. Kuni kecha shiringina kizalokli buldim. Farzand kurganda solix kishilar xuzuriga olib boriladi ular bolani tanglayini shirinlik bilan kutarib unga yaxshi ism tanlanadi va baraka tilab duo kilishadi .Xazrat sizning xar bir dakikangiz kiymatli shuning uchun Alloxdan kizalogim Alloxning uzi rozi buladigan va ikki duneda raxmat olib keladigan saloxiyatli farzand bulishini surab kizalogimning xakkiga goyibona duo kilishingizni iltimos kilaman.Farzandimni muslima kilib tarbiyalashda Alloxning uzi madadkor bulishini va meni xam Allo Azza va Jalla sirotul mustakiymda bardavom kilishini surab duo kilishingizdan umidvorman. Xazrat men kizimga bir nechta ismlar kuymokchiydim lekin bular oilamizda bulganligi uchun oila a’zolarim boshka ism kuyishmokchi. Men tanlagan ismlar Xadicha,Fotima,Omina.Iltimos yaxshi ism tanlashga erdam bering va Rayyona bilan Zaynab ismlarini ma’nosini va bu ismlarga nisbatan fikringizni bildirishingizni surayman.Kiymatli vaktingizni olganim uchun sizdan uzr surayman Allox Azza va Jalla xammamizdan rozi bulsin amiiyn.Muxlisingiz Mirzoxid
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Mazkur ikki ism ham yaxshi. Rayyona jannatning ismlaridan biridan olingan. Zaynab Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning qizlarining ismi. Otasining ziynati ma’nosida.

1 May 2022, 02:25 | Savol-javoblar | 177 | Bola tarbiyasi
|
Boshqa savol-javoblar