ULIK YaKINLARINING YIGISI TUFAYLI AZOBLANIShI XAKIDA

Assalomu alaykum muxtaram ustoz! Sizga xayotimizdagi muxim bir masala xususida savol bermokchi edim: Abul Lays Samarkandiy (r.a)ning "Buston ul orifin" kitoblaridan iktibos:75-bobULIK YaKINLARINING YIGISI TUFAYLI AZOBLANIShI XAKIDAFakix aytadilar: Odamlar ulik yakinlarining yigisi tufayli azoblanishi xakida baxs kilishdi. Ba’zilar, azoblanadi deb, kuyidagi xadisning zoxir ma’nosini dalil kilishdi. Ibn Umar va Ibn Abbosdan (roziyalloxu anxumo) rivoyat kilinadi: Paygambar (sollalloxu alayxi vasallam): "Mayyit yakinlarining yigisi tufayli azoblanadi", dedilar. Axli ilmning kupchiligi esa, mayyit yakinlarining yiglashidan azoblanmaydi, chunki Allox taolo: "(Kiyomat kunida) xech bir kutarguvchi (ya’ni, gunoxkor jon) uzga jonning yukini (ya’ni, gunoxini) kutarmas" (Fotir, 18), deb marxamat kilgan, deyishadi.Kosim ibn Muxammad aytadilarki: "Oishadan (roziyalloxu anxo) yukoridagi xadis xakida surashganda: "Sizlar ibn Umar va ibn Abbosdan xadis rivoyat kilyapsizlar. Ular yolgonchi, kazzob emaslar. Lekin eshitishda xato bulishi mumkin", deb javob berdilar".Xadis kuyidagi ta’vilga ega: usha paytlarda bir inson ulishidan oldin unga bakirib yiglashlarini axliga buyurib ketar edi. Paygambar (sollalloxu alayxi vasallam): "Mayyit yakinlarining yigisi tufayli azoblanadi", dedilar, chunki mayyit gunox ishni vasiyat kilgandir. Boshka ta’vili: Bir yaxudiyning kabri ustida karindoshlari yiglab turganlarida, Paygambar (sollalloxu alayxi vasallam) utib koldilar va: "Ular mayyitga yiglashyapti, u esa kabrida azoblanmokda", dedilar. Roviy yigilari sababli azoblanyapti, deb uylagan.Bu xadis Urva Oishadan (roziyalloxu anxo) rivoyat kilgan xadisga uxshaydi. Ibn Umarning xadisini aytishganda, Oisha (roziyalloxu anxo): "Abu Abdurraxmon unutib koldirgan, aslida, "Mayyitning karindoshlari uning uchun yiglashadi, mayyit esa, gunoxlari tufayli azoblanadi", bulgan", deganlar.iktibos tugadi.Savolim shundan iboratki, boshka ulamolar mazkur masalada kanday fikr aytishgan. Yoki fakix aytgan fikrlarga barcha islom ulamolari ittifok kilishganmi? Sizdan iltimos mazkur masala buyicha boshka islom ulamolarining fatvolarini bayon kilib bersangiz.Javobingiz uchun tashakkur!Umidjon Tursinov
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Oishaga Ibn Umarning, albatta, mayyit unga o‘z ahlining yig‘isi ila azoblanadi, degan gapi zikr qilindi. Shunda u: «Alloh Abu Abdurrahmonni rahmat qilsin. Allohga qasamki, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu haqda gapirmaganlar. Lekin u zot: «Albatta, Alloh kofirning azobini uning ahlining unga yig‘isi tufayli ziyoda qiladi», deganlar. Sizga Qur’onning o‘zi etarli, «hech bir gunohkor jon boshqasining gunohini ko‘tarmas», dedi».Boshqa bir rivoyatda esa: «Oisha Ibn Umarning: «Mayyit ahlining yig‘isi ila azoblanadi, degan gapini eshitib, Abu Abdurrahmonni Alloh mag‘firat qilg‘ay, albatta, u yolg‘on gapirmagan. Lekin unutgandir yoki xato qilgandir, aslida Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam bir yahudiy ayolga uning ahli yig‘layotganida o‘tib qolganlar va «bular unga yig‘lashmoqda, u esa qabrida azoblanmoqda», dedilar», dedi» deyilgan.Abdulloh ibn Ubaydulloh ibn Abu Mulayka quyidagilarni aytadi: «Makkada Usmon roziyallohu anhuning bir qizi (Ummu Abon ) vafot etdi. Uning janozasiga bordik. U erga Ibn Umar va Ibn Abbos roziyallohu anhumolar ham hozir bo‘ldilar. Men ikkovlarining oralarida o‘tirar edim. Shunda Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhu Amr ibn Usmonga: «Yig‘idan qaytarmaysanmi, axir Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Mayyit, albatta, ahlining unga yig‘isi ila azoblanadi, deganlar», dedi. Shunda Ibn Abbos roziyallohu anhu: «Umar roziyallohu anhu ham shunga o‘xshash gapni aytib yurar edi», dedi-da, gapida davom etib: «Bir kuni Umar roziyallohu anhu bilan Makkadan chiqib, Baydooga etib keldik. Birdan u daraxt tagida o‘tirgan yo‘lovchilarni ko‘rib qoldi va anavi yo‘lovchilar kim ekan, dedi. Borib qarasam, u Suhayb ekan, kelib xabarni aytdim. U menga, uni oldimga chaqirib kel, dedi. Qaytib borib, Suhaybga amirul mo‘minin uni chaqirayotganini aytdim.Umar roziyallohu anhu musibatga uchraganda Suhayb: «Voy birodarim! Voy sohibim!» deb yig‘lab kirib keldi. Umar roziyallohu anhu unga: «Ey Suhayb, sen menga yig‘laysanmi? Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Albatta, mayyit ahlining ba’zi yig‘isi tufayli azoblanadi», deganlar-ku», dedi. Ibn Abbos gapida davom etib: «Umar roziyallohu anhu o‘lgandan keyin o‘sha gapni Oisha roziyallohu anhoga zikr qilgan edim...», deb ushbu biz o‘rganayotgan rivoyatni aytganlar.Demak, bu masalada katta sahobiylarning tushunchalari ham ikki xil bo‘lgan. Ba’zilari may¬yitga uning ahlining yig‘isi tufayli azob beriladi, boshqalari esa, mayyitga uning ahlining yig‘isi tufayli azob bo‘lmaydi, gunoh yig‘laganning o‘ziga bo‘laveradi, deganlar.Shu erda ta’kidlab qo‘yishimiz kerakki, gap mayyitning orqasidan yig‘laganda azoblanishi yoki azoblanmasligi haqida ketmoqda. Yig‘lash joizmi, yo‘qmi, degan gap yo‘q. Chunki aytib yig‘lash joiz emasligi ma’lum.Sahobai kiromlarning ushbu mayyit ahlining unga aytib yig‘lashi tufayli azoblanishi yoki azoblanmasligi haqidagi masala bo‘yicha ikki xil tushunganlari ulamolarning bahslariga sabab bo‘lgan. Bu bahslarning natijasi o‘laroq, agar mayyit aytib yig‘lashni qo‘llab yuradigan bo‘lsa yoki aytib yig‘lashni vasiyat qilgan bo‘lsa, ahlining unga aytib yig‘lagani uchun azoblanadi, bo‘lmasa azoblanmaydi, deganlar.Lekin mayyit shu sababdan bevosita azoblanmasa ham ozor topishi, xijolat bo‘lishi bor.

1 May 2022, 00:17 | Savol-javoblar | 187 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar