Mebeldan qolgan qoldiq
Assalomu alaykum! Men buyurtma (zakaz) mebel yasayman. oshxona, gordirob, spalniy garnitur va hokazo. asosan oshxona mebeli zakaz qilishadi. boshqa mebellarni zakaz qilishsa mebel uchun ishlatiladigan xar bir detal, zapchastga sarflanadigan xarajatni 30 - 40 foizini xisoblab ish xaqi qilib olishni kelishib olaman, klientni material tanlash va sotvolib berishini aytaman, mebel bitgach qolib ketgan ortiqcha qoldiq (ostatkalar)ni klientga tashlab ketaman. lekin oshxona mebelini ishi qiyinroq, ko‘p mehnat vaqt ketadi. oshxona mebelini narxini taxminan aytaman. masalan metrini ikki million so‘mdan yasab beraman deyman (xarajatlar hammasi ichida bo‘ladi yo‘lkira, eltib berish kabilar) va otxod, ostatkalarni o‘zimda olib qolaman. shu ostatkalar menga xarom emasmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! “Mebel yasab bo‘linganidan so‘ng, ortib qolgan bo‘laklar meniki bo‘ladi” deb shartlashishingiz joiz emas. Ammo ish bitganidan so‘ng, mebel egasining roziligi bilan olib qolishingiz joiz. Vallohu a’lam!
11 May 2022, 13:31 | Savol-javoblar | 170 | Halol va harom