Solavat tunajjina o‘qisa mumkinmi

Assalamu alaykum! Solavat tunajjinani o‘qisa joizmi? SOLATUL MUNJIYa (TUNAJJIYNAA) Allohumma solli ’ala sayyidinaa Muhammadin solaatan tunjiynaa bihaa min jamiy’il ahvaali val aafaati va taqziy lanaa bihaa jamiy’al haajaati va tutahhirunaa bihaa min jamiy’is sayyi’aati va tarfa’unaa bihaa ’indaka a’laad darajaati va tuballig‘unaa bihaa aqsol g‘ooyoti min jamiy’il xoyroti fil hayati va ba’dal mamaati va ’ala olihi va sohbihi va sallim tasliiman kasiyron! Ma’nosi: "Allohim! Sayyidimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin. (Allohning fazli va marhamati bilan), o‘sha salavot sababli barcha qiyinchilik va balo ofatlardan najot ber. Salavot sababli barcha hojatlarimizni baroridan keltir. Salavot sababli barcha yomonliklardan bizni pokla. Salavot sababli Huzuringdagi darajalarga bizlarni yuksaltir. Salavot sababli hayot va o‘limdan keyingi barcha yaxshiliklarni eng yuqori darajasiga bizlarni ko‘tar. Rasulullohning oilalariga va sahobalariga ko‘plab salavot va salomlar bo‘lsin!".
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Aytsa bo‘ladi. Vallohu a’lam!

30 Aprel 2022, 01:50 | Savol-javoblar | 174 | Duolar
|
Boshqa savol-javoblar