Sotilgan uyni qaytarib olish

Assalomu alaykum! Bir odamga uy sotganman kelishilgan pulni yarmini olganman. Qolgan yarmini kelishilgan vaqtda berishi kerak edi, lekin ayrim sabablarga ko‘ra berolmadi. Man uyni qaytarib olishimni aytdim. U odam uyni remont qilgan ekan. Uyimni pulini berolmayapti, uyni qaytarib olsam bo‘ladimi? Qilingan remont pulichi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz “falon kungacha pulini bermasangiz qaytarib olaman” deb qaytarib olishni kelishgan bo‘lsangiz va berolmagan bo‘lsa qaytarib olishingiz mumkin. Buni shariatda “xiyorunnaqd” deyiladi. Ya’ni “sotgan molimni falon kungacha bermasang bay’ni bekor qilaman” degani. U shartni qo‘ymagan bo‘lsangiz qaytarib ololmaysiz. Uyni boshqa odamga sottirib o‘zingizni haqqizni olishingiz mumkin. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 13:42 | Savol-javoblar | 160 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar