Namozdagi harakatlar
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, ayrim namozxonlarimizda namoz o‘qilayotgan vaqtda (masjidlarda) xatti-xarakatlaridan xayronmiz. Masalan: qo‘llarni kindikdan ancha tepada bog‘lanishi, bel qismini oldiga-orqaga tebranishi, oyoqlarni orasini keng qo‘yishi, sajda qilishda tizzadan oldin qo‘llarni erga qo‘yib olish, sajdadan turayotganda qo‘llariga tayanib turish, xoxlagancha qichinish va xokozo va salomdan keyin Qur’on tilovatiga quloq solmay turib ketib qolishadi. Bu kabi xarakatlar 4 ta axli sunna mazxabimizni qay biriga tegishli?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Imom domlalar va ustozlar xalqqa asta sekin tushuntirib boryaptilar. Allohga shukr xalqimizning saviyasi ham ancha oshib qolgan. Siz aytgan darajadagi kishilarning o‘zlari ham sekin asta ixtilofni zararlarini tushunib boryaptilar. Hozir ummat yuragi kasal, bunday holatda bemorni yara-chaqasiga e’tiborni qaratmay yuragini davolashga urinishimiz kerak. Tabiiyki, diniy saviyasi ko‘tarila boshlagach, mazkur ixtiloflar ham sekin asta yo‘qolib boradi. Hozirgacha shu narsa aniq va ravshan, ma’lum mazhabga chiroyli amal qilinsa va ixtilofu kelishmovchiliklardan saqlanilsa, inshaa Alloh faqat yaxshilik bo‘ladi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 01:40 | Savol-javoblar | 148 | Turli savollar