Mazxabda bo‘lish
Assalomu alaykum! Bizga muayyan bir mazhabga ergashish vojibmi yoki joizmi? Biror ish qilmoqchi bo‘lsak boshqa mazhabdan dalil olib ish tutsa bo‘ladimi? Yoki bir mazhabga ergashgandan so‘ng shu mazhab bo‘yicha ish tutish kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz bilan bizga bir mazhabga ergashish vojib. Mazhabni ushlamaslik oxiri dinsizlikka olib boradi. Biz bu kabi holatga tushgan juda ko‘p insonlarni ko‘rdik. Borib borib tutriqsiz insonlarga aylanishdi. Bir ish borasida o‘zining foydasiga nima dalil kelsa o‘shani ushlab olaveradi. Hatto eng chekkadagi zaif qavllarni ham ushlab olib, nafsi xohlagana narsani qilib ketadigan bo‘lib qolishdi. Alkash bo‘lib ketganlari qancha. Hindistonda mazhabsizlikni targ‘ib qilgan bir muhaddis olim bo‘lgan. Ashraf Ali Tahonaviy rahmatullohi alayh o‘zlarining “Malfuzot”larida u kishidan iqtibos keltirib “Men 25 yillik tajribam asosida shuni bildimki, hozirgi davrda biror mazhabni tutmaslik oxir oqibat dinsizlikka olib borar ekan” deganlar. Din dushmanlari bu ummatni to‘g‘ridan-to‘g‘ri dindan olib chiqib ketishni uddasini qilolmagach, oxiri mazhabsizlik g‘oyalarini targ‘ibotini boshlashdi. Buning uchun ba’zi sanoqli masalalardagina o‘z mazhabidan chetga chiqqan hanbaliy mazhabidagi Ibn Taymiya rahmatullohi alayhni asos qilib olishdi. U kishi hanbaliy mazhabida bo‘lib, 136tagina aqoid va ibodatga tegishli ba’zi masalalarda mazhabdan tashqariga chiqqanlar. Boshqa hammasida hanbaliy mazhabini mahkam ushlaganlar. U zot ham o‘zlaridan avvalgi ulamolarni kofirga chiqargan emaslar. Hatto Boyazid Bistomiy, Abdulqodir Jiloniy kabi tasavvuf mashoyixlarini ham maqtov bilan zikr qilganlar. Mazhabdan chiqqan o‘rinlarda ummat ulamolarining qattiq raddiyalariga uchraganlar. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 19:21 | Savol-javoblar | 148 | Aqiyda