Bolamni singlimga bersam bo‘ladimi
Assalomu alaykum! Meni singlimni mana 16 yildirki farzandi yo‘q tirnoqqa zor. Lekin 5 yilcha oldin bitta o‘g‘il bolani chaqaloqligidan asrab olishgan(begona odamlardan olganmiz). Hozirda oilasi yaxshi kuyovim bilan tinch totuv yashashmoqda Alhamdulillah. Savolim shuki singlimizga bitta farzandimizni chaqaloqlik holatida bersak bo‘ladimi farzand qilib asrab olishga? Ayolim ham barcha qarindosh urug‘lar ham xususan o‘zim ham qarshi emasman. Bu masalaga dinimiz qanday munosabat bildiradi? Gunoh emasmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom!Agar qiz farzand bersangiz ular boqib olgan bolaga va singlingizni eriga nomahram bo‘lib, balog‘atga etganida hijoblanib yurishi shart bo‘ladi. O‘g‘il bersangiz bo‘ladi. Bolangizni ularga bersangiz keyinchalik baribir bo‘lishi aniq bo‘lgan ishlardan, yoningizda tarbiya uchun qattiq tegishsa sizni ham ayolingizni ham qalbi og‘riydi. Balki keyin har xil mayda gaplar ko‘payib farzand berganlaringizdan afsus qilasizlar.
Bu aytilgan gaplar tajribadan kelib chiqib aytildi va aksar hollarda bo‘lib kelmoqda. Ammo birinchi boqib olgan bolasi balog‘atga etganida singlingizga nomahram bo‘ladi va singlingiz uni olidida hijoblanib yurishi va nomahramar orasida hamma hukmlarga amal qilishlari shart bo‘ladi. Vallohu a’lam!
11 May 2022, 13:42 | Savol-javoblar | 176 | Oila va turmush