Shu holda namoz o‘qisa bo‘ladimi?
Assalomu alaykum! Qadrli ustozlar, bir yaqin do‘stim bor. Ayrim vaqt aroq ichib turadi. Bamdod namozini qoldirmay o‘qiydi, bir safar tobi qochib bir ilmli namozxonning oldiga dam soldirgani borganida, u odam “bir maxal bo‘lsa ham bamdodni o‘qir ekansan, aroq ichishing yaxshimas, namozni, tahoratni mukammal o‘rganib, aroq ichishni tashlab, keyin namozingni o‘qishni boshla. Namoz senga uyinchoqmas. Bunday holatda namoz ukiganing yaxshimas” deb qattiq urishibdi. Do‘stim 1 maxal bo‘lsa ham namoz o‘qishni boshlaganidan beri sal bo‘lsa ham qo‘rquv, oxirat haqida ozroq bo‘lsa ham xabardor bo‘lishni boshlagandi. Do‘stim aroqni birdan tashlab ketishiga o‘ziga ishonmaydi. Lekin namozni ham tashlab ketish niyati yo‘q. Asta sekinlik bilan ichishni tashlab ketar, hamma narsa Allohni roziligi bilan amalga oshadiku. Qadrli ustozlar, do‘stim ichishni butunlay tashlaganidan keyin namozni o‘qisinmi yoki hozirgi holatida o‘qishni davom ettirsinmi? Rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Hozirdan besh vaqt namozni o‘qishga kirishsin va “falon, piston” degan gapni yig‘ishtirsin. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 11:42 | Savol-javoblar | 190 | Ibodatlar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Hozirdan besh vaqt namozni o‘qishga kirishsin va “falon, piston” degan gapni yig‘ishtirsin. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 11:42 | Savol-javoblar | 190 | Ibodatlar