Payg‘ambarimizni tushida ko‘rishi

Assalomu alaykum! Payg‘ambarimizni tushda ko‘rishga ulamolar qanday tarif berishadi? Har qanday solih inson Payg‘ambarimiz alayhissalomni tushida ko‘rishi kerakmi? Yoki masalan ikki kishi ichidan biri ko‘rgan biri ko‘rmagan bo‘lsa bu tushida ko‘rgan odam Allohga yaqinroq ekanligining dalili bo‘la oladimi? Men Payg‘ambarimizni tushida ko‘rgan lekin ba’zi bir farz amallardan yiroq insonni taniyman (Har holda uning aytishi bo‘yicha ko‘rgan)?? Qanday qilib farzlarga befarq odamning tushiga Payg‘ambarimiz kirishi mumkin? Yoki bunga sabab bo‘ladigan omil boshqa narsalardan iboratmi? Bir inson butun umr ibodatda bo‘lib ammo Payg‘ambarimizni tushida ko‘rmasa bu nimaga dalolat qilishi mumkin?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Alloh nasib qilgan odam ko‘radi. U zotni ko‘rish ham bir nasiba. Yomon odam ko‘rmaydi yaxshi odam ko‘radi deb bo‘lmaydi. Sabablarini qilganda ko‘rmasa inson xafa bo‘lmasligi kerak. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 14:03 | Savol-javoblar | 158 | Ruhiy tarbiya
|
Boshqa savol-javoblar