3000 tikib har oy 200 dan ulish bersa

Assalomu alaykum! Menda 1000$ dollar bor do‘stimda 2000$ bor. Bir tanishim oshxona ochgan aborot uchun bir insondan 3000$ olgan va har oy uning ulishiga yarasha 200$ beradi lekin uning puli aborotning bir qismi holos shu sudho‘rlikmi? Hozirda yangi oshxona ochishmoqchi shuning uchun aborotga men va do‘stim 3000 bersak men 5 oy pul olmayman do‘stim esa 200$ oladi 5 oydan so‘ng meni ulishim 1500$ bo‘ladi do‘stimniki esa 1500$ shunda har oy 100$ olsak sharoatga hilof emasmi? Yaqinda yangi oshxona ochiladi bizdan pul olmoqchi qanday qilsak to‘g‘ri bo‘ladi? Lekin bizning pulimizni 1 yoki 2 yilda qaytarib berishi ham munkun sababi abaroti etarli bo‘lgach biz sarmoyachilikdan chiqamiz? Shunga shariyatimiz nima deydi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu kabi masalalarni ahli ilm huzuriga borib, holatni jonli majlisda tushuntirib, so‘ng ko‘rsatma olish lozim. Sherikchilikda foydani ulushlarda taqsimlashni kelishish lozim, muayyan summani tayinlab qo‘yish joiz emas. Shuningdek, sarmoyani chiqarib olganidan so‘nggina foydani bo‘lishish mumkin. Vallohu a’lam!

23 May 2022, 11:08 | Savol-javoblar | 134 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar