Masjiddagi jamoat

Assalomu alaykum! Men do‘stlarim bilan bir uyda yashayman. Men xam, do‘stlarim xam 5 vaqt namoz o‘qiymiz alxamdulillax. Men xar kuni bomdod va xufton namozlarini masjidda, jamoatga qo‘shilib o‘qiyman. Ammo do‘stlarimdan biri menga "masjiddagi odamlarni xech birini tanimaysan, ularni tanimaganing uchun xam ular bilan namoz o‘qiganing, jamoat bo‘lib o‘qigan xisoblanmaydi. Undan ko‘ra uyda xammamiz jamoat bo‘lib o‘qiganimiz afzalroq" ekanligini aytadi. Men uchun qaysi biri afzalliroq?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘sha do‘stingiz dinni tushunmas ekan. Axir umra yoki hajga borgan odamlarni 99% bir-birini tanimaydiku, ularni namozi nima bo‘ladi? O‘zingiz ham o‘sha ilmsiz do‘stingiz ham masjidga chiqib o‘qinglar. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 01:49 | Savol-javoblar | 163 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar