Misrosoft 365 litsenziya shartlari
Assalomu alaykum! Misrosoft kompaniyasini ofis paketlarini rasmiy litsenziya bilan, krek qilmasdan olishi bitta yo‘li bor u ham bo‘lsa Misrosoft 365 ofis dasturida Developer bo‘lib ro‘yxatdan o‘tish. Ro‘yxatdan o‘tilsa kompaniya 90 kunlik litsenziya beradi. Foydalanish shartida 1-bo‘lim, S-bob, 4-qismida: "use the Servises for any purpose that is unlawful or prohibited by this Agreement" foydalanish shartlaridan boshqa maqsadda foydalanishga ruxsat berilmaydi. Yaʼni "Development purpose only". (https://doss.misrosoft.som/en-us/offise/developer-program/terms-and-sonditions) Misrosoft 365 Developer Program FAQ vebsaytida (https://doss.misrosoft.som/en-us/offise/developer-program/misrosoft-365-developer-program-faq) shunday savol berilgan "Rivojlanish bo‘layotganligini qanday aniqlanadi?" Javobida kompaniya ishlab chiqqan maxsus algoritm foydalanuvchi harakatlari va dasturni kuzatib to‘plagan maʼlumotlari asosida hulosa qilishi, agarda rivojlanish bor deb topsa yani foydalanish shartlariga mos deb topsa yana 90 kunga avtomatik uzaytiradi, agar rivojlanish yo‘q deb topsa ilk 90 tugashi bilan litsenziya muddati tugaydi. Men 2021-yil aprelda ro‘xyatdan o‘tib oddiy ishlarimda ishlatdim. Bu vaqt ichida noutbukim internetda ishlagan. 90 kun bo‘lgach litsenziyani yana 90 kunga avtomatik uzaytirilibdi. Shunday ishlatishim to‘g‘rimi degan savol miyamga kirib qoldi. Shu bo‘yicha Misrosoft kompaniyasini rasmiy 3 ta savol javob hamjamiyatiga savol jo‘natdim. Hozir bu bo‘yicha aniq javob berishmadi. Oddiy kundalik faoliyatida ishlatganim uchun buni o‘g‘irlik deb o‘ylasam, kompaniya analiz taxlil qilish algoritmi avtomatik yangiladi. Bu erda algoritmi aldash uchun kerak yoki hakerlik qilib kompaniya aldanmaydi. Hamma qarorni shu maxsus algoritm bajaradi. Shu holatda o‘g‘irlik qilmayapmanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz o‘zingiz aytgan “foydalanish shartlari”ni yaxshi o‘rganib, o‘shalarga amal qiling. Nima shartlar asosida qo‘llanish aytilgan bo‘lsa, o‘shandek qo‘llaning. Vallohu a’lam!
11 May 2022, 14:14 | Savol-javoblar | 157 | Turli savollar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz o‘zingiz aytgan “foydalanish shartlari”ni yaxshi o‘rganib, o‘shalarga amal qiling. Nima shartlar asosida qo‘llanish aytilgan bo‘lsa, o‘shandek qo‘llaning. Vallohu a’lam!
11 May 2022, 14:14 | Savol-javoblar | 157 | Turli savollar