Etil spirti bilan qadoqlangan non hukmi

Assalomu alaykum! Juda ko‘p o‘zbek talabalarini qiynayotgan savol bilan murojaat qilmoqchiman. Biz Italiyada o‘qiymiz, nonni do‘kondan sotib olamiz. Biz sotib olgan buxanka non tsellofan paket bilan qadoqlangan va uni qadoqlashda etil spirti ishlatilgani yozilgan ekan. Internetdan qidirib, bu narsa haqida ma’lumot topdik, spirt nonning tarkibiga emas, qadoqning ichiga yaroqlilik muddatini oshirish uchun qo‘shilarkan (nonning mo‘g‘orlashini oldini olish uchun). Spirt qadoqda gaz holatda saqlanadi (shu sababli nonda sezilar sezilmas spirt hidi bor), qadoq ochilganda spirt bug‘lanib chiqib ketadi. Shu nonni eyish joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Joiz. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 14:14 | Savol-javoblar | 151 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar