Baraka yo‘q

Assalomu alaykum! Men kelin bolb tushganimga bir yil boldi uyimizda baraka yoq erimi topgan puli umuman xich narsaga etmayapti erim siqilib oxiri kasal bolb qolyapti topgan pulida umuman baraka yo xalol ishledila namoz oqodila alhamdulillah nega uyimizda baraka yoq deb siqilyappan nma qile qanday duo qile qiynalb qolyapmiz uyda baraka yo‘q
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Topilgan puldagi baraka Allohning nema’tlariga shukr va qanoat bilan ro‘yobga chiqadi. Baraka emas, shukr va qanoat kam bo‘lsa kerak. Alloh ko‘proq shukr qilinglar, baraka so‘rab duo va boriga qanoat qilinglar Alloh barakali qilganini sezasizlar. Bu bir sinov bo‘lishi ham mumkin.
Molni Allohdan deb bilib, Alloh rozi bo‘ladigan joylarga sarflash. Harom narsalarga sarflamaslik va unga haromni aralashtirmaslik. Zakotini berish.  Vallohu a’lam!

11 May 2022, 14:36 | Savol-javoblar | 154 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar