Qarindoshlar orasida nikoh
Assalomu alaykum. Hozirda deyarli barcha ilmiy yangiliklar Islom dinining haq ekanligini isbotlayotganligi hech kimga sir emas. Ammo, men(JIDU 2-kurs talabasi) Valeologiya kitobida nikoh haqida quyidagi ma‘lumotni o‘qib ko‘rdim. Unda erkak va ayolning geni bir-biridan qancha uzoq bo‘lsa bo‘lajak farzand shuncha aqlan va jismonan sog‘lom tug‘ilishi aytilgan. Ularning dalili olimlarning tarixiy qabila ustida olib borgan tekshiruvidir. Bunga ko‘ra, o‘sha qabila boshqa qabilalar bilan urush olib borgan va ularga qiz uzatmagan, ulardan kelin olmagan. Natijada bu qabila qisqa vaqt ichida yo‘q bo‘lib ketgan ya‘ni nasl yo‘qolgan. Islomda qarindoshlar orasidagi nikohaga ruhsat borligini bilib hayron bo‘ldim. Olimlarning tekshiruvi shariat bilan mos kelmayapti. Albatta, shubhasiz Islom qonunlari doimo to‘gridir. Bu erda men bilmagan ma‘lumotlar ko‘pga o‘xshayapti. Shuni tahlil qilishga yordam bering. :!:
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
NIKOHI VAQTINChALIK HAROM BO‘LGAN AYoLLARIkki ayoldan birini erkak deb faraz qilinganda unga ikkinchisi halol bo‘lmaydigan ayollardan birining nikohi va iddasi ikkinchisining nikohini va mulk yuzasidan yaqinlik qilishni harom qiladi.Mulk yuzasidan degani cho‘ri sifatida deb tushuniladi.Misol keltirish yo‘li bilan yuqoridagi iborani anglashga intiladigan bo‘lsak, opa singil bor. Ulardan birini erkak kishi deb faraz qilsak, u ikkinchisiga uylana olmaydi. Chunki opasiga yoki singlisiga uylanish harom qilingan. Bas, ulardan biri bir kishining nikohida bo‘lsa, uning ustiga ikkinchisini olib bo‘lmaydi. Yoki biri bir kishidan bo‘lgan taloq iddasida o‘tirgan bo‘lsa, xuddi o‘sha odam ikkinchisini nikohiga olishi to‘g‘ri emas. Qadimgi, qulchilik hukm surgan vaqtda opasi o‘z bilan nikohda bo‘lgan ayolni cho‘ri qilib olish ham mumkin bo‘lmagan. Misol uchun, ayol bilan uning ammasini olib ko‘raylik. Agar ayolni erkak, deb faraz qilsak, erkak kishi o‘z ammasiga uylanishi harom. Agar ammani erkak, deb faraz qilsak, erkak kishi o‘z aka-ukasining qiziga uylanishi harom. Boshqalarni ham shundoq qilib solishtirib chiqsa, mahramlar orasini jamlab bo‘lmaslik chiqadi.Yuqorida o‘rgangan oyatimizda bu toifaning ham zikri kelgan.«Opa-singilni qo‘shib olmog‘ingiz harom qilindi».Ya’ni, bir kishi o‘z nikohida turgan xotinining opa-singlisiga uylanishi mumkin emas. Bunday nikohning haromligi vaqtinchadir. Agar nikohida turgan opa yoki singil ila nikoh aloqasi uzilsa, u holda uning opasi yo singlisiga uylansa bo‘laveradi.Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam ayol bilan uning ammasini yoki xolasini qo‘shib xotin qilmoqlikni man qilganlar. Bunday nikohlar qarindosh xotinlar orasidagi munosabatlarni buzadigan bo‘lgani uchun ham harom qilingan.Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Bir ayol va uning ammasini hamda bir ayol va uning xolasini jamlanmas», dedilar». Beshovlari rivoyat qilgan.Ummu Habiyba roziyallohu anho deydilarki:«Ey, Allohning Rasuli, singlim Binti Abu Sufyonni o‘z nikohingizga oling», dedim.«Sen shuni xohlaysanmi?» dedilar.«Men sizni faqat o‘zimniki qilmoqchimasman. Yaxshilikda menga sherik bo‘ladigan eng mahbub shaxs singlim», dedim. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam:«Albatta, bu ish menga halol bo‘lmas», dedilar. «Ey, Allohning Rasuli, Allohga qasamki, biz sizning Durra binti Abu Salamani nikohingizga olmoqchi ekaningiz haqida gaplashmoqdamiz», dedim.«Ummu Salamaning qizinimi?» dedilar.«Ha», dedim.«Allohga qasamki, agar u mening qaramog‘imda bo‘lmaganida ham, menga halol bo‘lmas edi. U mening emikdosh birodarimning qizi. Men bilan Abu Salamani Suvayba emizgan. Menga qizlaringizni va singillaringizni taqdim qilmanglar», dedilar». Beshovlaridan faqat Termiziy rivoyat qilmagan.Qarindoshga uylansa, bolalari zaifhol bo‘lish ehtimoli kuchli. Yana, Alloh ko‘rsatmasin, kelishmovchilik bo‘lib qolsa, qarindoshlik aloqalariga futur etishi ham mumkin. Begonadan bo‘lsa, bolalar zaifhol bo‘lmaydi. Kuyov kelinning bahonasi bilan ularning qarindosh-urug‘lari ham quda-anda bo‘ladilar, ijtimoiy aloqalar rivojlanadi.Islomda yaqin qarindoshlar bilan oila qurish ma’qullanmasligining juda ko‘p hikmatlari bor. Buni tib ilmi ham tasdiqlayapdi. Yaqin qarindoshlar orasidagi nikoh tufayli mayib, majruh bolalar ko‘p tug‘ilar ekan. Ushbu ma’lumotlarda eslab o‘tilgan qarindoshlardan boshqalar uzoq qarindoshlar hisoblanadi. Bularga amaki, amma, tog‘a va xolalarning qizlari kiradi. Bularning nikohi joiz. Ammo ulamolar begonalar bilan nikohlangan afzal deydilar. Bunga dalil quyidagicha;Hazrati Umari Odil zamonlarida odamlar Soib qabilasining a’zolari juda ozg‘in, nimjon, kasalmandligidan shikoyat qilishgan ekan. U kishi surishtirib ko‘rsalar, qabiladagilar o‘zlaridan boshqaga qiz ham berishmas, olishmas ham ekan. Shunda hazrati Umar roziyallohu anhu «Boshqaga qiz berib, o‘zgalardan qiz olinglar, salomatligingiz yaxshilanadi», debdilar. Bu holat qabila odamlarining sog‘lig‘ini yaxshilabgina qolmay, qabilalar, qavmlar o‘rtasidaga ijtimoiy munosabatlarni va aloqalarni kengaytirishga, qarindosh-urug‘chilikning rivoj topishiga ham sabab bo‘libdi.
20 Aprel 2022, 20:06 | Savol-javoblar | 236 | Moliya va tijorat