Taloqni xotin eshitmasa ham tushadimi
Assalomu alaykum! Xotinim ota onasinikiga mening ruxsatimsiz akasi olib ketdi, xotinim ketgach bir ikki kundan so‘ng xotinimni o‘n taloq qildim,100 taloq qildim dedim, uydagilar meni urishib qolishdi, taloqni xotin eshitmasa ham taloq tushaveradi deyishdi. Men bilmas ekanman buning hukmini, keyin o‘zimcha o‘zim xotinimni uch taloq qildim dedim, buning hukmi va echimi qanaqa?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Taloqni ayol kishi eshtishi shart emas. Shariatimizda uch taloq bor xolos. Yuz taloq qildim degan bo‘lsangiz oraga uch taloq tushib birga yashashga hech qanday yo‘l qolmaydi va taloqning ortig‘ini aytganigizga gunohkor bo‘lasiz. “Kifoya” kitobidan iqtibos:
Agar taloqni shiddat, uzunlik yoki kenglik bilan vasf qilsa yoxud uni shularga dalolat qiluvchi narsalarga o‘xshatsa, uchni niyat qilgan bo‘lsa, o‘sha, bo‘lmasa, bir boin taloq tushadi.
Agar er xotiniga: «Seni shiddatli», «qattiq», «eng katta», «eng uzun», «eng keng taloq qo‘ydim» desa, yoki «tog‘dek», «mingdek taloq qo‘ydim» kabi lafzlarni aytsa, uning niyati so‘raladi. Agar «Uch taloqni niyat qilgan edim», desa, uch taloq tushadi. Ikki taloq yoki bir taloqni niyat qilgan bo‘lsa, bir taloq tushadi. Bu holatda ikki taloq tushishi mumkin emas. Agar «yuz», «ming», «qum taloq qo‘ydim» desa, uch taloq tushib, uchtadan ortig‘iga gunohkor bo‘ladi. Vallohu a’lam!
11 May 2022, 14:47 | Savol-javoblar | 177 | Oila va turmush