IIB videoga olish

Assalomu alaykum! Savolim biroz g‘alati eshitilishi mumkin, oldindan uzr so‘rayman, men anchadan beri operator-montajchi bo‘lib ishlayman, shuning uchun ham ba’zi paytlarda IIB xodimlari bilan xamkorlikda reyd jarayonlariga chiqaman, shu paytda odamlarni xar-xil xolatini tasvirga tushurib keyin lavxa tayyorlayman, ertaga bu videoni uning yaqinlari ko‘radi va u albatta izza bo‘ladi, lekin men u odamni xammani oldida sharmanda qilgan bo‘lib qolmasmikinman? Shu ishim joizmi yoki yo‘qmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Imkoningiz bo‘lsa yuzini tanimaydigan va sharmanda bo‘lmaydigan holatdagi rakursdan oling. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 14:47 | Savol-javoblar | 138 | Mediya
|
Boshqa savol-javoblar