Jaxlda ko‘chaga chiqsang taloqsan dedim

Assalomu alaykum! Ayolim bilan janjallashib qoldik kechki maxal edi u jaxli chiqib ko‘chaga chiqib qo‘shnilar oldiga borishini aytdi. Men chiqma kech bo‘ldi deb chiqib ketib ko‘z yoshlari bilan qo‘shnilar oldida sharmanda bo‘lishimizzi o‘ylab chiqarmoqchi bo‘lmadim. Ayolim eshik tomon yurdi men jaxl ustida ko‘chaga chiqsang taloqsan dedim va u chiqmay uyga qaytdi keyin shu zaxotiyoq u bilan yarashib kelishib oldik. Kegin ayolim xomilador bo‘lgani uchun ko‘chadan taom egisi kelib qoldi va o‘zim bilan ko‘chaga olib chiqdim. Uydan chiqishdan oldin ikkimiz xam tavba qilib istixforlar aytdik. Bu masala meni qiynab kelayapti, ustozlar shu xolatda taloq tushadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Taloqni shartga bog‘lansa, shart topilishiga taloq tushadi. Siz “ko‘chaga chiqsang taloqsan” deganingizda o‘sha vaqtni  iroda qilsangiz, o‘sha vaqtda chiqmasa, keyin chiqsa, taloq tushmaydi. Qaysi vaqtni iroda qilganingiz o‘zingizga havola. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 15:30 | Savol-javoblar | 146 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar