Qizning sepiga olgan taqinchoqlardan zakot

Assalomu alaykum. Bo‘lajak kelinga ajratilgan tilladan zakot beriladmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Agar ajratilgan tilla ota yoki onasining mulkida bo‘lsa, ulardan taqib foydalanilsa, ota yoki onaning umumiy mulklariga qo‘shib hisoblanadi. Nisobga etsa zakot beriladi. Agar taqilmaydigan bo‘lsa, zakoti berilmaydi. Agar kelinning o‘ziga mulk qilib ajratib berilgan bo‘lsa, kelinning mulkiga qo‘shib hisoblanadi. Nisobga etgan bo‘lsa, zakotini beriladi, etmagan bo‘lsa berilmaydi.Savol: Ayol kishi ota-onasi tomonidan berilgan sep-sidirg‘ilar bilan boy hisoblanadimi?
Javob: Hozirgi kunda kelinga beriladigan sep-sidirg‘ilarni hojati asliyadan deb hukm qilish mushkul ishdir. Seplarni ichida kundalik iste’mol qilinadigan jihozlar hojati asliyaga kiradi. Ammo, ko‘z-ko‘z qilish, odamlar: “Falonchi shuncha narsa qilibdi” deyishlari uchun qilingan sep-sidirg‘ilar hojati asliydan ortiqcha hisoblanadi. Agar bularni qiymati nisobga etsa, zakot olish harom bo‘ladi va ularning zimmalariga qurbonlik va sadaqai fitr vojib bo‘ladi.هَلْ تَصِيرُ غَنِيَّةً بِالْجِهَازِ الَّذِي تُزَفُّ بِهِ إلَى بَيْتِ زَوْجِهَا؟ وَاَلَّذِي يَظْهَرُ مِمَّا مَرَّ أَنَّ مَا كَانَ مِنْ أَثَاثِ الْمَنْزِلِ وَثِيَابِ الْبَدَنِ وَأَوَانِي الِاسْتِعْمَالِ مِمَّا لَا بُدَّ لِأَمْثَالِهَا مِنْهُ فَهُوَ مِنْ الْحَاجَةِ الْأَصْلِيَّةِ وَمَا زَادَ عَلَى ذَلِكَ مِنْ الْحُلِيِّ وَالْأَوَانِي وَالْأَمْتِعَةِ الَّتِي يُقْصَدُ بِهَا الزِّينَةُ إذَا بَلَغَ نِصَابًا تَصِيرُ بِهِ غَنِيَّةً.“Ayol erinikiga kelin qilib tushirib olingan jihozlar bilan boyga olinadimi? O‘tgan narsalardan zohir bo‘lgan narsa shuki, zarur bo‘lgan uy jihozlari, kiyimlar, ishlatiladigan idish-tovoqlar hojati asliyga kiradi. Unga qo‘shimcha bo‘lgan taqinchoqlar, ziynat maqsadida terib qo‘yiladigan idishlar, buyumlar nisobga etsa, ayol u bilan boyga aylanadi” (Roddul muhtor). Vallohu a’lam!

11 May 2022, 15:52 | Savol-javoblar | 152 | Zakot
|
Boshqa savol-javoblar