Musofirga iqtido qilish
Assalomu alaykum! Ishxonamizda ba’zilar 16 kun ba’zilar esa 14 kun qolib ishlaydi. Men 16kunlik ishdaman. Namozni jamoa bilan o‘qiganda qasr qilib o‘quvchi(14kun ishlovchi) kishiga bizlar(16kun ishlovchi) ya’ni to‘liq o‘quvchilar iqtido qilamiz. Imom 2-rak’atdan keyin salom berganida bizlar salom bermasdan turib namozimizni davom ettiramiz va 4 rak’atni tugal qilamiz. Shunday o‘qishimiz to‘g‘rimi yoki aloxida o‘qiganimiz ma’qulmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! To‘g‘ri. Agar namozdan boshlanishidan avval bo‘lsa, imomga haqliroq odam o‘tishi kerak bo‘ladi. Bunda muqim va musofir farqi yo‘q. Ilmli, qiroati yaxshisi o‘tishi kerak. Ikkisi ham ilmli va qiroati to‘g‘ri bo‘lsa, muqim imom bo‘lgani afzal. Jamoat namozni boshlangan bo‘lsa, va imom musofir bo‘lsa, kelgan muqimlar unga iqtido qilib o‘qishlarining zarari yo‘q. Vallohu a’lam!
11 May 2022, 15:52 | Savol-javoblar | 158 | Namoz