Shayx Hazratlarini eslab!

Assalamu alaykum! Fazilatli shayx alloma, Islom dunyosining zabardast olimi, diniy va dunyoviy ilmlar bilimdoni Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari xalqimizning faxri edilar. U zotu bobarokot qoldirgan bebaho durdona asarlar xalqimiz va boshqa millat xalqlari uchun ham tuganmas xazinadir. Alloh u kishini O‘z rahmatiga olib, O‘zining jannatlaridan joy ato etsin! “Zikr ahlidan so‘rang” savol-javoblar saytining ishga tushganligi, u kishining boshlab bergan ishlarining davom etishidir. Boshlagan ishlaringizga Alloh madadkor bo‘lsin! Omin!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalam! Omiyn!

26 May 2022, 16:55 | Savol-javoblar | 136 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar