Molni aybini aytishlik

Assalomu alaykum! Molini aybini aytib sotmaslik katta gunoh ekanligini bilamiz, menda bir savol bor edi. meni eski muzqaymoq apparatim bor edi uni sotmoqchi bolib tanishlarga aytdim shunda bir yigit shu soxadan oz moz xabari bor oldimga keldi men u yigitga apparatni ko‘rib ol o‘zing tushunasan eski narsa sal pal chiqimi boladi dedim u yigit oldi narxini baland aytmadim xolatiga qarab ozimga maqul kelgan narxga sotdim ularga xam maqul kelib oldi uni narxi vodiyda biz tomonda ancha arzon lekin vohada yaxshi pulga oladi ozroq ishlatishib tushunishmasdan arzonroqqa sotib yuborishibdi mendan olganda erta bahor edi yani shu narsani sezoni kelyatgani uchun qimmat bo‘ladi ular sotganda sezonni yarmi otib bo‘lgan edi shu xisobdan xam narxi ancha tushib ketgan. Shu xolatni bir do‘stimga aytgan edim aybini aytib sotish kerak dedi. Men unga xar bir narsani mayda chuyda narsasigacha masalan bu eri bunaqa bu eri unaqa demadim o‘zing tushunsan ishlatib beraman maqul kelsa ol dedim va nima sotsam shu soxadan xabari bor odamga ko‘rsatib o‘zing tekshirib ol diyman shu ishim to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz aybini aytganingizda hadisga amal qilgan bo‘lar edingiz. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 16:14 | Savol-javoblar | 168 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar