Sajda paytda kalimai tavxid yoki zikr qilish

Assalomu alaykum! Sajda paytda subxana robbi’yal a’loni 3 marta aytgandan so‘ng qo‘shimchasiga kalimai tavxidni yoki zikr aytishlik mumkinmi? Chunki 100 marta kalimai tavxidni inson aytsa Alloh uning 100 ta xatosini kechirishini kanalda xazratning ma’vizalari ko‘rsatilgan. 2). Qazo namozlarni o‘qishda xar maxal qoldirilgan farz uchun takbir aytiladimi yoki o‘qiladigan vaqt uchun bir marta aytib 3-4 maxal qazo namozlarni o‘qisa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! 1). Sajdada o‘qiladigan tasbehlar faqat “subxana robbi’yal a’la”dangina iborat emas. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sajda undan boshqa duolarni ham qilganlar. عَنْ عَائِشَةَ رَضِيَ اللهُ عَنْهَا قَالَتْ: كَانَ النَّبِيُّ  صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَقُولُ فِي رُكُوعِهِ وَسُجُودِهِ: سُبْحَانَكَ اللَّهُمَّ رَبَّنَا وَبِحَمْدِكَ، اللَّهُمَّ اغْفِرْ لِي Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam ruku’ va sajdalarida: «Subhanakallohumma Robbana va bihamdik. Allohummag‘firli», der edilar». (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). عن عَائِشَةَ أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ كَانَ يَقُولُ فِي رُكُوعِهِ وَسُجُودِهِ : سُبُّوحٌ قُدُّوسٌ رَبُّ الْمَلائِكَةِ وَالرُّوحِ . رواه مسلم  Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ruku’ va sajdalarida: «Subuuhun quddusur Robbul malaaikati var ruuh », der edilar».  عَنْ عَوْفِ بْنِ مَالِكٍ الأَشْجَعِيِّ قَالَ : قُمْتُ مَعَ رَسُولِ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ لَيْلَةً فَقَامَ فَقَرَأَ سُورَةَ الْبَقَرَةِ ، لا يَمُرُّ بِآيَةِ رَحْمَةٍ إِلا وَقَفَ فَسَأَلَ ، وَلا يَمُرُّ بِآيَةِ عَذَابٍ إِلا وَقَفَ فَتَعَوَّذَ ، قَالَ : ثُمَّ رَكَعَ بِقَدْرِ قِيَامِهِ يَقُولُ فِي رُكُوعِهِ : سُبْحَانَ ذِي الْجَبَرُوتِ وَالْمَلَكُوتِ وَالْكِبْرِيَاءِ وَالْعَظَمَةِ ، ثُمَّ سَجَدَ بِقَدْرِ قِيَامِهِ ، ثُمَّ قَالَ فِي سُجُودِهِ مِثْلَ ذَلِكَ ، ثُمَّ قَامَ فَقَرَأَ بِآلِ عِمْرَانَ ثُمَّ قَرَأَ سُورَةً سُورَةً . رواه النسائي  وأبو داود  Avf ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:  
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam.... sajdalarida “Subhaana ziljabaruut val malakuut val kibriyaai val azoma(وَالْعَظَمَةِ)” der edilar.  
2). Har biriga alohida takbir aytilinadi. Masjidda aytilinmaydi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 23:42 | Savol-javoblar | 169 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar