Shunday tadbir qilsam bo‘ladimi?

Assalomu alaykum! Adam namozga sal beparvola, ba’zida peshin namozini o‘qib, boshqa namozlarni o‘qimaydilar. Ammo bizga qattiq turadilar, bamdod namozlarga uyg‘otadilaru o‘zlari o‘qimiydilar. Yaqinda kasal bo‘lib injiqro bo‘lib qoldilar, amakilarim aytishsayam mazam bo‘mayapti dvotila. Man tadbir qilib, masalan “tushimda buvimni ko‘rdim, buvim bizadan judayam jahllari chiqvoti, adalaringa yaxshi qaromayapsila farzand bop, jon kuydirmayapsila, namoz o‘qimaganiga bepravo bo‘lib yuripsanla” dedilar deb aytsam bo‘ladmi? Bu faqat namoz o‘qishni yo‘lga qo‘yishlari uchun.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! TUShI TO‘G‘RISIDA YoLG‘ON GAPIRISh HAQIDA عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم قَالَ: «مَنْ تَحَلَّمَ بِحُلُمٍ لَمْ يَرَهُ، كُلِّفَ أَنْ يَعْقِدَ بَيْنَ شَعِيرَتَيْنِ، وَلَنْ يَفْعَلَ، وَمَنِ اسْتَمَعَ إِلَى حَدِيثِ قَوْمٍ وَهُمْ لَهُ كَارِهُونَ أَوْ يَفِرُّونَ مِنْهُ، صُبَّ فِي أُذُنِهِ الْآنُكُ يَوْمَ الْقِيَامَةِ، وَمَنْ صَوَّرَ صُورَةً، عُذِّبِ وَكُلِّفَ أَنْ يَنْفُخَ فِيهَا، وَلَيْسَ بِنَافِخٍ». قَالَ سُفْيَانُ: وَصَلَهُ لَنَا أَيُّوبُ. عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ قَالَ: «مَنِ اسْتَمَعَ، وَمَنْ تَحَلَّمَ، وَمَنْ صَوَّرَ». نَحْوَهُ. تَابَعَهُ هِشَامٌ عَنْ عِكْرِمَةَ، عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ قَوْلَهُ Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar: «Kim ko‘rmagan tushini ko‘rdim desa, unga ikkita qilni bir-biriga bog‘lash yuklatiladi, u esa buni zinhor qila olmaydi. Kim odamlarning gapiga ular istamagan [yoki «undan qochayotganlari»] holda quloq tutsa, qiyomat kuni qulog‘iga qalay quyiladi. Kim surat chizsa, azoblanadi va o‘shanga jon kiritish yuklatiladi. U esa jon kirita olmaydi». (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). Vallohu a’lam!

1 May 2022, 15:14 | Savol-javoblar | 153 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar