G‘usul qilishni bilmas edim

Assalomu alaykum! Yoshim 19 da g‘usul qilishni bilmas edim lekin cho‘milib namoz o‘qirdim. Keyin bir maruzani eshitib qoldim unda aytilgan ekanki har qancha cho‘milsa ham foydasi yo‘q, junub holida yurovradi. G‘usul qilsagina poklanadi deyilgan ekan. Man 5 mahal ibodataman Alhamdulillah endi o‘qigan namozlarim befoyda bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Cho‘milganingizda badaningizning barcha joyiga suv etgan bo‘lsa va og‘zingiz va burningizga suv olgan bo‘lsangiz, g‘uslning farzi ado bo‘lgan. Namozlaringiz durust. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 21:53 | Savol-javoblar | 153 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar