Sessiyada ko‘chirish

Assalomu alaykum! Men talabaman. Bizga sessiya vaqtida yakuniy nazorat bo‘ldi. Unda men ba’zi fanlardan ko‘chirib yozib berdim. Ba’zi o‘qituvchilar o‘zlari bilishadi xam va ruxsat berishadi. Keyin yana 2 ta fandan baxoyim past bo‘lib qolganda zam dekanimiz to‘g‘irlatib berdila. O‘sha sessiyani 5 baxoga yopdim yuqoridagi sabablarga ko‘ra. Men magistraturani chet elda o‘qimoqchiydim. U erda mana shu xozirgi baxolarga qarab qabul qilisharkan. Shuning uchun 5 olishga xarakat qilgandim ko‘chirib bo‘lsayam. Xozir 5lik stipendiya olaman. Bu odatdagidan 95 ming so‘m ko‘p degani. Mana shu 5lik qilib olayotgan stipendiyamdagi farqini, 95 mingni xukmi qanday?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Avvalo bu qilgan ishingizga tavba qilishingiz kerak. Chunki yolg‘on shariatimizda man qilingan, harom ish hisoblanadi. Siz hozirdagi 95 ming so‘mni hukmini so‘rayabsiz, u ham sizga halol bo‘lmaydi. Qolaversa, kelajakda o‘sha ko‘chirib olgan bahoingiz bilan olgan shahodatingiz (diplom) va uning vositasi bilan kirgan ishingiz ham hammasi yolg‘on asosida bo‘ladi. Ëlg‘on-harom asosida ishlab topilgan mablag‘lar ham, Alloh asrasin, harom bo‘ladi. Shuning uchun siz tavba qiling. Olgan baholaringiz yolg‘on va haromga sababchi bo‘lmasligi uchun bundan keyin bunday ishga qo‘l urmang. Qolaversa, ko‘chirib va dekanning yordami bilan olgan baholaringizga loyiq bo‘lish uchun o‘sha fanlarni qayta o‘qib, “besh” bahoga o‘zlashtirishingiz kerak. Shunda stipendiyangiz ham, kelajakda oladigan maoshlaringiz ham, in sha Alloh, halol bo‘ladi. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 16:46 | Savol-javoblar | 183 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar