Pora bersam joizmi
Assalomu alaykum! Bir opamning iltimosli savoli. Men o‘qituvchiman. 20 yildan beri ona tili adabiyotdan dars beraman. Bizni sohamizda oliy toifa, 1-toifa oilish u.n malaka oshirib imtixon topshiriladi. 20 yildan beri toifasiz oddiy o‘qituvchi b.b ishladim. Yaqinda kelgan yangi xali tajribasi yo‘qlar xam pul berib toifa olishdi. Meni esa o‘z bilimim b.n imtixon savollariga javob bersam xam pora bermaganim u.n toifa berishmayapti. Aslida komissiya kelsa xam boshqasi kelsa xam xujjat ishlarimni dars uslubimni maqtab ko‘rsatishadi. L.n toifa u.n albatta pul beriladi deyishdi. 3 marta pul bermay xarakat qildim o‘tkizishmadi. Toifa olsam oladigan maoshimga xam keyinchalik pemsiyada xam ancha foydasi bo‘ladi. Savolim toifa olishga loyiq deb bilaman o‘zimni barcha savollarga javob bersam xam yiqitishayotkanliklari sababidan bu safar pul berib toifa olsam gunoh bo‘lmaydimi. Toifa olishim ishda qolishimga xam sabab bo‘ladi. Toifasizlarni sekin sekin dars soatlarini kamaytirishyapti.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Tegishli joylarga murojaat qiling. Musulmonlarni orqaga tortayotgan bunday poraxo‘rlarni to‘xtatish lozim. Vallohu a’lam!
14 May 2022, 08:35 | Savol-javoblar | 153 | Ta’lim va muta’allim
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Tegishli joylarga murojaat qiling. Musulmonlarni orqaga tortayotgan bunday poraxo‘rlarni to‘xtatish lozim. Vallohu a’lam!
14 May 2022, 08:35 | Savol-javoblar | 153 | Ta’lim va muta’allim