Ayollar namozda quloq qoqishi

Assalomu alaykum! Bir ayol namoz o‘qiyotkanlarida, xar ruk’u va sajdadan oldin quloq qoqqanlarini ko‘rdim. Bu qanchalar to‘g‘ri? Va Yana peshin, asr o‘qishta niyat qilmasakanlar. "Taxorat olib namoz o‘qiyman deb xolis niyatda joynamozga turvoman. Niyatim Allohga ayon" didilar. Joynamozga turib Allohu Akbar dib namoz boshlaverarkanlar. Shunday qilishlari joyizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ehtimol u ayol namozning hukmlarni bilmas. Hanafiy mazhabida unday qilinmaydi. Niyatning asli qalbda bo‘ladi, odamlar qalbi dunyo bilan bo‘lib ketgani uchun til bilan ham ta’kidlash uchun til bilan aytishni ulamolar joriy qilganlar. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 17:19 | Savol-javoblar | 161 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar