Ortib qolgan ip va materiallar

Assalomu alaykum! Men zavodda tikuvchi bo‘lib ishlayman. Biz uyda o‘tiramiz, bizga zavod ishchilariga maxsus kiyim tikish uchun material va iplar beriladi, hamda norma qo‘yiladi. Biz no‘rmani bajarganimizdan so‘ng material va ip ortib qoladi. Ortgan narsalarni qaytarib olishmaydi (ish etkazib beruvchilar). Shu ortgan narsalarni o‘z ehtiyojim uchun ishlatsam joizmi yoki yo‘q. Menimcha zavod rahbariyatining bundan habari bo‘lmaydi. Ish etkazib beruvchilar ham bizga o‘xshagan oddiy ishchilar. 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bir qarich ipi ham sizga halol bo‘lmaydi. Egasiga aytsangiz, shaxsan rozi bo‘lsa, joiz. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 17:30 | Savol-javoblar | 165 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar