Alloh qaerda?

Insonlar orasida “siz Allohni qaerda deb e’tiqod qilasiz?” degan savollarga duch kelamiz. Biz bu savolga “Alloh hamma joyda” degan javoblarni beramiz. Shu savolning ayni muxtasar javobini bilishimiz uchun bizga ta’lim bersangiz. Toki to‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lsak, juda ham yaxshi bo‘lar edi.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Allohning makoni bor deyilsa, deydi ahli sunna va jamoa mazhabi ulamolari U zotni chegaralab qo‘yilgan bo‘ladi. Dunyodagi barcha narsalarni jumaladan makonni ham Alloh taolo yaratgan. Agar unga makon nisbati berilsa, o‘zi yaratagan narsaning ichiga kirgan bo‘ladi. Bu esa, Alloh taologa mutlaqo to‘g‘ri kelmaydi. Ba’zi toifalar Qur’oni Karim va hadislarda kelgan matnlarga sirtdan ma’no berib, Alloh Arshning ustida, osmonda, deydilar. Ammo bu gapni ahli sunna va jamoa mazhabi rad etadi.

29 Aprel 2022, 10:07 | Savol-javoblar | 171 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar